AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp qonuniy ravishda maxfiy hujjatlarni saqlashga haqli ekanini aytdi. U Mayamidagi sud jarayonidan keyin Nyu-Jersi shtati Bedminster shahrida tarafdorlari bilan o‘tkazgan uchrashuvi chog‘ida shunday bayonot berdi:

“Sobiq Prezidentga Josuslik to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ayb qo‘yildi. Faoliyatim bilan bog‘liq shaxsiy yozuvlarni saqlaganim uchun menga 400 yillik qamoq jazosi bilan tahdid qilishdi. Deyarli har bir davlat rahbari shunday ishlagan. Bu dahshatli va shafqatsiz amal. Aslida, Josuslik to‘g‘risidagi qonun xoin va ayg‘oqchilarga nisbatan qo‘llanadi, o‘z hujjatlarini saqlagan Prezidentlar uchun emas.

Tramp amaldagi Prezident Jo Bayden uni korrupsiyada ayblash orqali “asosiy siyosiy raqibini soxta ayblov asosida hibsga oldi, bu saylovga aralashuv, jarayonni soxtalashtirish, og‘irlashtirishga bo‘lgan navbatdagi urinish”, deya ta’kidlagan.

O‘zA