Voleybolchi ayollar Nukusda bahslashdi

Nukusda voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida XXV O‘zbekiston chempionatining uchinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada mezbonlar bilan birga Samarqand, Xorazm, Jizzax, Andijon va Toshkent viloyati jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

10.jpg

17.jpg

Toshkent viloyatining “SKIF” jamoasi 43, Qoraqalpog‘iston Respublikasining “NDPI” jamoasi 34 va Andijon viloyatining “Andijon” jamoasi 24 ochko to‘plab, yuqori pog‘onalarni zabt etdi.

Chempionatning IV tur o‘yinlari may oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

 

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA