AQSH Prezidenti Jo Bayden BMT Xavfsizlik kengashiga veto qo‘yish huquqini bermasdan yana olti mamlakatni qo‘shmoqchi, deb yozmoqda “The Washington Post” gazetasi.
Maqolada yozilishicha, “Rejaga ko‘ra, veto qo‘yish huquqi bo‘lmagan olti mamlakatga Xavfsizlik kengashidan o‘rin ajratish kerak, bu xalqaro maydonda rivojlanayotgan mamlakatlar ta’siri tobora ortayotgani AQSH tomonidan tan olinishini bildiradi”.
Nashr AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild ayni tashabbus yuzasidan a’zo mamlakatlar diplomatlari bilan uchrashayotganiga ham e’tibor qaratgan.
Avvalroq Vashington Xavfsizlik kengashiga Germaniya, Yaponiya va Hindistonni doimiy a’zo qilib olish, doimiy a’zolar – Fransiya va Buyuk Britaniya esa Germaniya, Yaponiya va Hindistondan tashqari Braziliyani hamda Afrikadan bir davlatni ham qo‘shish istagini bildirgan.