Sudan mojarosi qarama-qarshi tomonlari o‘rtasida vositachi bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni va AQSH vakillari 10 iyundan amal qila boshlagan 24 soatlik yarashuv paytida jangovar harakat sur’ati pasayganini ta’kidlashdi, deyiladi Saudiya Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan xabarda.
Bayonotda, jumladan, shunday deyilgan: “Sudan qurolli kuchlari va Tezkor harakat kuchlari 10 iyundan boshlangan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi chog‘ida qo‘shinlar ustidan samarali nazorat o‘rnatganini namoyish qildi. Natijada harbiy harakat sur’ati pasaydi, gumanitar yordam yukini yetkazish imkoni paydo bo‘ldi. Qolaversa, o‘zaro ishonchni mustahkamlash sari dadil qadam tashlandi”.
Binobarin, axborotda qisqa muddatli sokinlik vaqti tugagach, tomonlar qaytadan faol harbiy harakat boshlab yuborgani afsuslanarli ekani ham ta’kidlangan.
Sudanda 15 apreldan buyon notinchlik hukm surmoqda.