O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish, fuqarolarga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida “Call-center” ishga tushirildi.
“Call-center” orqali O‘zbekiston Respublikasi sayloviga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.
“Call-center” raqami: 1200
1200 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bepul.
O‘zA