12 iyun kuni Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Baynalmilal ko‘chasida joylashgan «Buyuk ipak yo‘li» savdo majmuasi hududidagi do‘kon rastalarida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, yong‘inga soat 19:25 da birinchi bo‘linmalar yetib borgan vaqtda yuqorida ko‘rstilgan manzilda joylashgan savdo komplekclari ochiq alanga bilan yonayotganligi aniqlangan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 20:25 da qurshab olinib, yong‘in soat 23:30 da bartaraf etilgan.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
M. Sulaymonov, O‘zA