Ko‘p yillik qidiruv ishlaridan keyin Egey dengizida Buyuk Britaniyaning “HMS Triumph” suv osti kemasi topildi. Submarin Ikkinchi jahon urushi paytida, 1942 yil ekipaji bilan birga g‘oyib bo‘lgan, deya xabar berdi Gretsiyaning “ERT” jamoatchilik telekanali.
1937 yil foydalanishga topshirilgan ushbu mashina urushda juda ko‘p vazifani bajargan. Jumladan, britaniyalik askarlarni Gretsiyadan Yaqin Sharqqa ko‘chirishda ishtirok etgan. Germaniya Gretsiyaga bostirib kirganda orolni qo‘riqlagan. Kema 1942 yil 23 yanvarda dom-daraksiz yo‘qolgan.