Mamlakatimizning Erondagi Favqulodda va muxtor elchisi Fariddin Nasriyev ushbu davlat madaniy meros, turizm va hunarmandlik vaziri Sayidrizo Solihiy Amiriy bilan uchrashdi. Muloqot davomida  sayyohlik yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirishga doir asosiy masalalar muhokama qilindi.

Sheriklik turli sohalarda izchil davom etayotgani ta’kidlandi. Xususan, janob Solihiy Eron Prezidenti o‘zaro sayyohlar oqimini jadallashtirishga alohida ahamiyat qaratishini bildirdi.

Tomonlar yaqin kelajakda sayyohlik bo‘yicha qo‘shma qo‘mita tashkil etish va YUNESKO doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishdi. Yakunda Eron vakillari O‘zbekiston turizm sohasi vakillarini 11-14 fevral kunlari Tehronda bo‘lib o‘tadigan 18-Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasiga taklif etdilar.

O‘zA