Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Gumanitar hamkorlik kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Onlayn shaklda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo fond tomonidan 2022 yilda hamda joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobot, shuningdek, 2024 yilda fond moliyalashtiradigan tadbirlarga oid ma’lumotlar tinglandi.
Shuningdek, “Hamdo‘stlik yulduzlari”, “Hamdo‘stlik debyutlari” mukofotlariga nomzodlar tasdiqlandi.
E’tiborlisi, mazkur majlis davomida Samarqand 2024 yilda MDHning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi. Ayni shu qaror bilan bog‘liq rejalarni ham muhokama qilindi.
Kelgusida shunday yig‘ilish 11 – 14 sentyabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH ilmiy va ijodiy ziyolilari forumi doirasida tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri telegram kanali xabar bermoqda.
N.Usmonova, O‘zA