Vatanimiz boy, butun dunyoga namuna bo‘ladigan madaniy merosga ega. An’anaviy hunarmandligimiz, qadimiy me’moriy inshootlar, xususan, qo‘rg‘onlar merosimizning muhim qismidir.
O‘zA avval xabar berganidek, Italiyada har ikki yilda o‘tadigan 18-Venetsiya arxitektura biyennalesida milliy pavilonimiz ochilgan. Ko‘rgazmada butun diyorimiz bo‘ylab qad rostlagan qal’alar namoyish etilmoqda.
Dunyoga mashhur “Studio KO” a’zosi, pavilonimizga kuratorlik qilayotgan Sofiya Bengebara O‘zA muxbiriga intervyu berarkan, o‘zbek xalqining matonati va qudrati timsoli hisoblanmish tarixiy qal’alar g‘ishti anjuman bezagiga aylanayotganini ta’kidladi.
“Unbuild together” ko‘rgazmasida O‘zbekiston me’moriy merosi turfa manzarada namoyon bo‘lgan. Tadqiqot ko‘rgazma loyihasi ertangi dunyoni loyihalashtirish va bugungi kunni birgalikda qayta qurishni maqsad qilgan.
Kurator mazkur loyiha Qoraqalpog‘istonning qadimiy qal’alari xarobalari, Xorazm tamadduni merosi va o‘zbek me’morchiligining asosiy qurilish ashyosi hisoblangan an’anaviy g‘isht tayyorlash texnologiyasini aks ettiradi.
Shuningdek, biyennaleda nega aynan tomoshabinlar e’tibori, e’tirofini qozonayotgan Buxoro minoralarida ishlatilgan ko‘k-moviy rang g‘isht namunasi namoyish etilayotganiga izoh beriladi.
Behruz Xudoyberdiyev,
Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA