Yoshlarga munosib shart-sharoit yaratib, har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishishini ta’minlash, eng muhim ko‘nikmalarini shakllantirish, iste’dodlarni aniqlash, intizomni rivojlantirishga yordam beradigan intellektual salohiyatini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan sanaladi.

Mamlakatimizda “ALOHA Mental Arifmetic” arifmetikasi bo‘yicha Oltinchi Respublika musobaqasi o‘tkazildi, unda Vatanimizning ko‘plab shaharlaridan 5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 270dan ortiq qiziquvchan bolalar ishtirok etdi.

Mental arifmetika shunchaki moda yo‘nalishi emas. Bu  — ajralmas texnika bo‘lib, bolaga nafaqat kalkulyatordan tezroq hisoblashni o‘rgatish, balki uning ijodiy salohiyatini, tahlil qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi mumkin. U miyani to‘liq rivojlantirishga yordam beradi, ishonchni mustahkamlaydigan va hayotning barcha sohalarida muvaffaqiyatga hissa qo‘shadigan xotira, konsentratsiya hamda ijodkorlik kabi asosiy ko‘nikmalarni yaxshilaydi.

Bugungi kunga qadar AQSH, Kanada, Rossiya, Meksika, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Malayziya va boshqalar kabi dunyoning 45 ta davlatida 4 milliondan ortiq bola patentlangan ALOHA dasturi bo‘yicha muvaffaqiyatli ta’lim olmoqda.

Shu yo‘nalishga qiziqqan yoshlar 2017 yilda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda a’lo natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa, 2018 yilda Moskvada o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda ham o‘z qobiliyatlarini namoyish eta oldi. Malayziyada mamlakatimizni ALOHA markazining 21 nafar talabasi, Rossiyada esa 32 nafar ishtirokchi himoya qildi, shundan 28 nafar bola eng yuqori mukofot va unvonlarga sazovor bo‘ldi. Xitoyda O‘zbekiston sharafini 8 nafar bola himoya qildi va barcha ishtirokchilar faxriy sovrinlar, yuqori chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritib, medallar, kuboklar va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida mental arifmetika bo‘yicha beshinchi Respublika musobaqasi keng ko‘lamli, yorqin va rang-barang tadbir bo‘lib, o‘quvchilarni Malayziyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etishga tayyorlaydi.

O‘zA