Qirg‘iziston tomoni yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti boshqa xalqaro tuzilmalar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bilan hamkorlikni kengaytirish zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda Minskda KXSHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida bo‘lib o‘tgan maslahatlashuv chog‘ida aytildi.

Qirg‘iz Respublikasi TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu taklifni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Asein Isayev o‘qib eshittirgan.

Qirg‘iziston vakili, jumladan, mamlakat KXSHT doirasida “faoliyat samaradorligi va natijadorligini ta’minlash maqsadida” hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirgan.

Ishtirokchilar iyun oyida Minskda bo‘lib o‘tadigan KXSHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi sessiyalararo yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan hujjatlarni muvofiqlashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishgan.

Uchrashuvda “KXSHTning xalqaro tashkilotlar va uchinchi davlatlar bilan muloqotini kengaytiish bo‘yicha” keyingi qadamlarga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zA