Xitoyning geologiya fanlari universiteti (Uxan) tadqiqotchilari Mars sayyorasida qadimda okean bo‘lganini isbotlovchi dalil topishdi, deb yozmoqda «Sinxua» agentligi.

Professorom Syao Lun rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi Xitoyning Mars yuzasini tadqiq qilayotgan “Chjujun” apparati orqali olingan ma’lumotlarni o‘rganib,  ilk bor Mars yuzasida dengiz cho‘kmalari mavjudligiga petrologik dalil topganini isbotlashdi.

Agentlikning ta’kidlashicha, tadqiqot davomida qadimda Marsda yirik miqdorda suyuqlik bo‘lgani aniqlangan, biroq ushbu faraz joyning o‘zida tahlil qilinmagani uchun bahsli bo‘lib qolmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalgi Yerdan turib amalga oshirilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bundan 3,7 milliard yil burun Qizil sayyora yuzasida chuqurligi 140 metrlik okean suvlari mavj urgan. Ayrim olimlarning fikricha, suvlarning katta qismi koinotga bug‘lanib ketmagan, aksincha Mars tuprog‘ining tagida yashirinib yotgan bo‘lishi kerak.