KXDRning ma’lum qilishicha, harbiy razvedka olib boradigan “Mannigyon-1” sun’iy yo‘ldoshi parvozida ko‘zda tutilmagan vaziyat yuzaga kelgan, deb xabar tarqatdi Koreya markaziy telegraf agentligi.
“Chxollima-1” turidagi yangi raketa-tashuvchi parvozni yaxshi amalga oshirgan, so‘ngra birinchi bosqichdan o‘tganida ikkinchi bosqich dvigateli ishlamagan, natijada raketa harakatga keltiruvchi kuchini yo‘qotgan va Sariq dengizga qulab tushgan”, — deyiladi bayonotda.
Milliy kosmik rivojlanish agentligi xabar berishicha, qayta parvozni tezroq amalga oshirish maqsadida halokat sabablarini o‘rganish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun zudlik bilan ilmiy-texnik choralar ko‘riladi.
“Mannigyon-1” (“Teleskop -1”) harbiy razvedka yo‘ldoshi parvozi mahalliy vaqt bilan soat 6:27 da amalga oshirilgan. Janubiy Koreya harbiylarining ma’lum qilishicha, raketa-tashuvchi apparat Ochxondo orolidan 200 kilometr g‘arb tomonda dengizga qulagan.