Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Nepalda o‘tkazilayotgan “CAVA Challenge CUP 2023” turnirida ishtirok etmoqda.

“V” guruhidan o‘rin olgan voleybolchilarimiz dastlabki ikki uchrashuvda Shri-Lanka va Maldiv orollarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqaning 3-turida Qozog‘iston jamoasi bilan kuch sinashdi. Shiddatli o‘tgan uchrashuv 1:3 hisobida qozog‘istonliklar foydasiga hal bo‘ldi. Bu esa O‘zbekiston ayollar terma jamoasining guruhni 2-o‘rinda yakunlashiga olib keldi.

Endi hamyurtlarimiz turnirning yarim finalida “A” guruhi g‘olibi Hindiston jamoasi bilan bahslashadi. Mazkur o‘yin 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA