Samarqand eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga start berildi.
Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, xalqaro baydarka federatsiyasi (ICF)vakili, kanoe va baydarka bo‘limi direktori Furuya Toshika ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.
Chempionatda O‘zbekiston, Hindiston, Eron, Iroq, Tailand, Qozog‘iston, Tojikiston, Indoneziya, Qirg‘iziston kabi Osiyoning o‘ndan ortiq mamlakatidan 400 nafar sportchi qit’a chempionligi uchun bahs olib boradi.
Musobaqa 30 aprelga qadar davom etadi.
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA