Joriy yilning 14-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish hamda energetika sohasidagi loyihalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Tomonlar yakunda mazkur masalalarni hal etishda o‘zaro manfaatli asosda doimiy hamkorlik qilib borishga kelishdi.

 

O‘zA