Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 7,9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,4 million juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.

Oyoq kiyimlar eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 2,4 million AQSH dollariga oshgan.

2023 yilning 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:

Qirg‘iz Respublikasi – 1,5 mln juft

Qozog‘iston – 1,3 mln juft

Tojikiston – 484 ming juft

Ozarbayjon – 59 ming juft

2023 yilning 2 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:

Andijon viloyati – 4,6 mln

Farg‘ona viloyati – 1 mln.

Samarqand viloyati – 758 ming

Xorazm viloyati – 511 ming AQSH dollari

O‘zA