Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 37 nafar kishi ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi.

Yarmarkada tumandagi 25 korxona, tashkilot va muassasa tomonidan 186 bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbir ishtirokchilariga bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat qonunchiligi, ijtimoiy muhofaza, tadbirkorlikka yo‘naltirilgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

8.jpg
9.jpg
14.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA