Yevropadan nigoh: Konstitutsiyaviy islohot davlatning samarali ishlashi uchun zarur
Yevropaning Osiyo bo‘yicha tadqiqotlar instituti direktori Aksela Gotels O‘zbekistonda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohot haqida fikr bildirdi:
– Yevropaning Osiyo bo‘yicha tadqiqotlar instituti ko‘p yillar mobaynida Markaziy Osiyo mintaqasining rivojlanishi, xususan, O‘zbekistonda siyosiy va iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni kuzatib keladi.
Biz demokratik rivojlanish yo‘lidagi yuksalish, shuningdek, institutsional islohot va demokratik yondashuv samarali ekaniga guvoh bo‘lmoqdamiz. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohot doirasida asosiy qonunga fuqarolar huquqi, imkoniyatini kengaytirish va mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilishi – demokratiya yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.
Bunday islohot xalqaro amaliyotda kam uchraydi. Inson huquqi va demokratik konstitutsiyaviy tartib o‘rtasidagi aloqa konstitutsiya qabul qilish yoki konstitutsiyaviy islohot o‘tkazishdan boshlanadi. Mazkur jarayon, qoidaga ko‘ra, agar jamiyatning barcha qatlami vakillari ishtirokida o‘tkazilsa muvaffaqiyatli natija beradi.
Konstitutsiyaviy islohot davlatning samarali ishlashi uchun zarur. Zero, Qomus mamlakatni farovonlashtirish funksiyasini ta’minlab, nafaqat huquqiy, siyosiy va iqtisodiy sohada barqarorlikni qo‘llab-quvvatlaydi, balki jamiyat negizini mustahkamlash, asosiy milliy-madaniy boyliklarni asrab-avaylashga ham xizmat qiladi.
I.Abdumalikzoda, O‘zA