Prezidentimizning joriy yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida Oliy adabiyot kursi tashkil etiladi.
Endilikda Oliy adabiyot kursi mutaxassisliklari bo‘yicha tegishli malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqiladi va shu yilning 1 avgustidan boshlab amaliyotga tatbiq etiladi.
Belgilandiki, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Oliy adabiyot kursiga bakalavr darajasiga ega bo‘lgan va adabiyot sohasida o‘z ijodiy qobiliyatini namoyon etgan ijodkorlar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tanlov asosida qabul qilinadi.
Oliy adabiyot kursiga yillik qabul kvotalarining 40 foizi byudjet va 60 foizi to‘lov-kontrakt asosida bo‘lishi rejalashtirilgan.