Joriy yilning 3 aprelida Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirishlar Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, endi yuridik shaxslar milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda nafaqat o‘zlarining faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, balki davlat bojlari va yig‘imlarni to‘lashni ham amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida ma’lumot berilgan.
O‘zA