Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib, sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 11-13, kunduzi 24-26 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib, sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib, sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib, sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib, sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi hamda ayrim joylarda sel kelishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib, sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
10-12 mart kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
10 mart kuni respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
O‘zA