Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini moddama-modda ko‘rib chiqishdi.

Muhokamalar chog‘ida har bir modda yuzasidan savollar, taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Deputat Jahongir Shirinov savol va takliflar yuzasidan javob qaytardi.

Ayrim moddalarni qayta ko‘rib chiqish zarurati tufayli ertagacha tanaffus e’lon qilindi.

Majlis 10 mart kuni soat 10:00da o‘z ishini davom ettiradi.

M.Komilova, O‘zA