Loyihaning muqaddimasidan tortib har bir moddasining matni adabiy til, imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mos bo‘lishi, atamalarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ta’minlandi.

Loyihadagi huquqiy ko‘rsatmalarni bayon etishning tizimli va ketma-ket amalga oshirilishi, jumlalarning sodda va aniq bo‘lishi, normalarni turlicha talqin qilish imkoniyati oldi olinishi nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqildi.

Qonunning rekvizitlari va tarkibiy birliklari to‘g‘ri qo‘llanilganligi, normalarning asossiz takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi va o‘zaro ichki ziddiyat keltirib chiqarmasligi nuqtai nazardan tahlil etildi.

Loyihada ilgari Konstitutsiyaning muayyan tarkibiy birligiga mantiqan noto‘g‘ri joylashtirilgan normalar qayta ko‘rib chiqildi va ular tartibga solish predmetiga mos keladigan boshqa moddalarga ko‘chirildi.

O‘zA