Parlamentning nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarini lavozimga qo‘yish borasidagi funksiyalari kuchaytirilmoqda hamda Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilmoqda.

Yangilayotan Konstitutsiyada Bosh prokuror, Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda ko‘rib chiqilib, keyin Prezident tomonidan tayinlanishi, shuningdek Monopoliyaga qarshi organ va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarlari Senat tomonidan saylanishi joriy etish taklif etilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati rahbarligiga nomzod avval Senat bilan maslahatlashilgandan keyin Prezident tomonidan tayinlanishi tartibi joriy etilmoqda.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimini kiritish taklif etilmoqda.

Senatorlar soni amaldagi 100 tadan 65 taga o‘zgarmoqda. Bunda Senatni shakllantirishning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.

O‘zA