Joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan xalqimiz tomonidan kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha maslahatlashuvlar qilingan edi.
Uchrashuvda Prezident hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi bo‘yicha qoidani bekor qilishni ikki bosqichda tashkil etishni taklif etdi. Lekin buni vaqtni cho‘zmasdan, imkon qadar tezroq amalga oshirish zarurligiga e’tibor qaratdi.