Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda.
Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov kirish so‘zi bilan ochib, o‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar va fikrlar asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlar hamda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni aholining barcha qatlamlariga yetkazish maqsadida OAV va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanildi.
Umumxalq muhokamasi davrida vazirlik, idora va tashkilotlarda, siyosiy partiyalarda, saylovchilar bilan uchrashuvlarda aksariyat deputatlar, senatorlar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati instituti vakillari ko‘magida jami 20 mingga yaqin muhokamalar o‘tkazildi.
Yalpi majlis davom etmoqda.
M.Komilova,
O‘zA