O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublikadagi nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’lim krediti ajratish tartibi to‘g‘risida Nizomga ko‘ra, Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan har yili besh ming nafargacha axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratiladi.

Kreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasida bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish bo‘yicha ajratilgan kreditlar uchun garov va kafillik talab etilmaydi.

O‘zA