Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda IT xizmatlar eksportini yanada oshirish uchun IT park rezidentlariga xorijiy buyurtmalarni jalb qilishda qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.

Misol uchun, 80 foiz buyurtmalar AQSH kompaniyalariga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin, Yevropa, Kanada, Yaqin Sharq mamlakatlarida ham juda katta bozor borligi qayd etildi.

Shu bois, parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli moliya texnologiyalari markazi” tashkil etiladi.

Mutasaddilarga bugungi topshiriqlardan kelib chiqib, har bir vazirlik, tarmoq va hudud bo‘yicha oyma-oy vazifalar, aniq rejalar va ta’sirchan nazorat tizimini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi.

O‘zA