Prezident raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Umuman, Raqamlashtirish vazirligiga tegishli vazirlik va hokimliklar bilan birgalikda:

– aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar bo‘yicha 26 ta axborot tizimini Yagona davlat xizmatlari portali bilan birlashtirish;

– ushbu portal orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarni hozirgi 370 tadan 570 taga yetkazish;

– yangi avtotransportlarni onlayn davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berish tizimini joriy qilish;

– yana 8 turdagi notarial harakatlarni onlayn shaklga o‘tkazish;

– jami 11 mingga yaqin suv xo‘jaligi ob’ektlarida suv hisobini yuritishning raqamli tizimini joriy etish;

– 2 mingdan ziyod meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashgan monitoring tizimiga o‘tkazish;

– barcha tibbiyot muassasalarini lokal tarmoq bilan qamrab olish, ularni kompyuterlar bilan to‘liq jihozlash;

– tibbiyotni raqamlashtirish bo‘yicha 50 million dollarlik loyihani boshlash vazifasi qo‘yildi.

O‘zA