Toshkent dzyudo bo‘yicha “Parij-2024” Olimpiadasiga reyting ochkolarni taqdim etadigan “Katta dubulg‘a” turniriga mezbonlik qiladi.

Mazkur nufuzli musobaqada qatnashish istagini bildirgan davlatlar soni 45 taga yetdi, deyiladi Xalqaro dzyudo federatsiyasi xabarida.

Ishtirokchi davlatlar orasida Ozarbayjon, Gruziya, Fransiya, Kanada, Kuba, Xorvatiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Qozog‘iston, Portugaliya, Ispaniya, Ukraina, Janubiy Koreya singari dzyudosi rivojlangan mamlakatlar bor.

Joriy yilning 3-5 mart kunlari tashkil etiladigan mazkur nufuzli musobaqaning mukofot jamg‘armasi 154 ming yevrodan iborat bo‘lib, musobaqalarda qatnashish uchun bugungacha 150 nafar erkak, 136 nafar ayol dzyudochilar rasman ro‘yxatdan o‘tgan.

Shu kunlarda mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish borasida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA