FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi.

Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 600 nafardan ortiq ishtirokchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda. Chempionat davomida ishtirokchilar erkaklar, ayollar va jangovar sambo yo‘nalishlarida 7 tadan, umumiy hisobda 21 ta vazn toifasida medallar uchun bellashadi.

Bugun chempionatning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar siyosati va sport vazirligi mutasaddilari, federatsiya mutaxassislari hamda sportchilar ishtirok etdi. Mazkur musobaqa orqali murabbiylarimiz terma jamoa a’zolarining holatini sinovdan o‘tkazib olishadi va yangi nomlarni saralab olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Musobaqa 19 fevralga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA