Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vakili Mattias Lyuttenberg bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Ombudsman faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat ekanligiga qiziqish bildirildi. Shu bois  institutning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik to‘g‘risida ma’lumot berildi.

M.Lyuttenberg O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning o‘rni muhim ekanini ta’kidladi.

O‘zaro muloqot davomida O‘zbekiston va Germaniya davlatlarining inson huquqlari bo‘yicha institutlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash borasida o‘zaro fikr almashildi.

 

O‘zA