Toshkent xalqaro konferensiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda

“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab anjuman ishtirokchilari, barcha mehmonlarni O‘zbekiston xalqi nomidan tabrikladi.

Prezidentimiz bugungi tadbir xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi ekanini qayd etdi.
Afg‘oniston zaminida nizolar 40 yildan buyon davom etayotgani, “urush olovi” minglab tinch aholi umriga zomin bo‘layotganini, allaqachon nizolarga chek qo‘yish vaqti kelganini ta’kidladi.

 

O‘zA