“Parij-2024” yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari uchun chiptalar narxi e’lon qilindi.

Bu haqda “Parij-2024” tashkiliy qo‘mitasi xabar berdi. Xabarga ko‘ra, barcha sport turlari uchun chiptalar narxi 15 yevrodan boshlanadi. Chiptalar sotuvi joriy yil kuzida yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxtida o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yil 26 iyul -11 avgust kunlari bo‘lib o‘tsa, XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari kelgusi yil 28 avgust — 8 sentyabr kunlari tashkil etiladi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA