Nukusda 2006 yil tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Sport maktablari ligasi” doirasida Qoraqalpog‘iston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada shahar va tumanlardan 11 ta jamoa g‘oliblik uchun bahslashdi. Finalda Qorao‘zak va Nukus tumanlari futbolchilari o‘zaro uchrashdi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatgan qorao‘zaklik futbolchilar 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, Qoraqalpog‘iston chempioni bo‘ldi.

Chimboy tumani futbolchilari ustidan penaltilar bo‘yicha g‘alaba qozongan Taxiatosh tumani futbolchilari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi kubogi, diplom hamda medallar topshirildi.


Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA