Xabar berganimizdek, o‘smirlar va yoshlardan iborat taekvondochilarimiz Birlashgan Arab Amirliklarida an’anaviy “Fujairah Open-2023” musobaqasida ishtirok etishdi.

Iqtidorli yoshlarimiz milliy terma jamoa qayd etgan natijadan ham sermahsul yutuqqa erishdi.

Terma jamoamizning asosiy tarkibi mazkur musobaqada 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘smirlar 3 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza, eng yosh taekvondochilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 20 ta medallar shodasiga musharraf bo‘ldi.

Iqtidorli taekvondochi yoshlarimiz Javlon Berdibekov, Hojiakbar Abdurasulov, Nursulton Hakimov, Azizbek Sattorov, Ozodbek Risbekov va Odina Jo‘raboyeva g‘alabasi sharafiga musobaqada O‘zbekiston bayrog‘i yuksalib, madhiyamiz yangradi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

T.Ro‘ziyev, O‘zA