Bolgariyaning Plovdiv shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogining navbatdagi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Yigitlarimiz jamoaviy dasturning saralash bosqichlarida Buyuk Britaniya, Ruminiya, yarim finalda Misr terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Fransiya vakillari bilan o‘tgan final bahsida hisob 42:45 ko‘rinishida Fransiya foydasiga hal bo‘ldi.
Hamyurtlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritib, jahon reytingi uchun 52 ochkoga ega chiqdi.
O‘zA