Turkiyada para taekvondo bo‘yicha kuni kecha poyoniga yetgan “Prezident kubogi” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Matonatli sportchilarimizdan Guljanoy Naimova oltin, Ziyoda Isoqova kumush, Zuhriddin Tohirov va Asad Toshtemirov o‘z vaznlarida bronza medaliga musharraf bo‘lish bilan birga “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlarining muhim reyting ochkolarini ham qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.


O‘zA