Yevropa Ittifoqi davlatlari Turkiyadagi kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Turkiyaga o‘nta qutqaruv-qidiruv guruhini jo‘natdi, deyiladi Yevropa komissiyasi bayonotida.

Ma’lumotga ko‘ra, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Fransiya, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya shunday guruhlarni yuborgan. Italiya i Vengriya yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Yevrokomissiya rasmiy vakili Balash Uyvarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha Suriyadan hech qanday yordam murojaati kelib tushmagan. Bunday so‘rovlar kelgan taqdirda, YeI ularga, albatta, ijobiy javob beradi.

Uning eslatishicha, Suriyaga xalqaro gumanitar tashkilotlar yordam bermoqda.


O‘zA