Turkiyada yuzlab odamlar hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli zilziladan so‘ng barcha sport tadbirlari to‘xtatildi. Bu haqda Turkiya yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapo‘g‘lu ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
Barcha tegishli bo‘linmalar faoliyati Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) bilan muvofiqlashtirilgan, deya qo‘shimcha qilingan uning bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyati Pazarjik tumanida sodir bo‘lgan 7.4 magnitudali zilzila oqibatida mamlakatning yetti viloyatida 284 kishi halok bo‘ldi, 2300 dan ziyod fuqaro jarohat oldi.
O‘zA