Bu haqda JSST eksperti Mariya van Kerkxove ma’lum qilmoqda.

Ekspertning fikricha, bugungi kunda «omikron» koronavirusning eng yuqumli formasi bo‘lib qolmoqda. Hozirda uning 600 ta ko‘rinishi kezib yuribdi, Ularning orasida eng ko‘p tarqalayotgan XBB.1.5 ham bor.

Kerkxove  SARS-CoV-2 bo‘yicha tadqiqotlar soni  kamayib ketganidan afsus bildirdi. Uning ta’kidlashicha, tadqiqotlar kamayishi ma’lumotlar bazasiga amaldagi vaziyatga baho berish uchun zarur bo‘lgan axborotlar sonining ham kelib tushishi kamayib ketishiga olib keladi.