XXR Tashqi ishlar vazirligi yakshanba kuni AQSh tomonidan meteorologik tekshiruv olib borayotgan Xitoy shari urib tushirilganiga munosabat bildirdi. Tegishli bayonot TIV saytida e’lon qilindi.
“Xitoy tomoni AQSh fuqarolik uchuvchisiz havo shariga kuch ishlatganidan keskin norozilik bildiradi va protest keltiradi. XXR AQSh tomonini havo shari fuqarolik maqsadida foydalanilayotgani, Qo`shma Shtatlar havo bo`shlig`iga aynan shu sababli kirib kelganidan bir necha bor ogohlantirgan. Bu mutlaqo kutilmagan fors-major vaziyat”, deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, Xitoy bundan keyin zarur javob berish huquqini saqlab qoladi va o`z qonuniy huquqi, manfaatini qat’iy himoya qiladi.
Kecha AQSh harbiylari Prezident Jo Bayden topshirig`i bilan Janubiy Karolina qirg`oqlarida Xitoy havo sharini urib tushirgan. Pengaton matbuot kotibi Patrik Payder 2 fevral kuni Amerika rasmiylarini mamlakatning kontinental qismida “razvedka shari” aniqlanganidan ogoh etgan edi. Uning so`zlariga ko`ra, havo shari tijoriy havo qatnovi uchun belgilangan standart parametrdan ancha yuqorida harakatlangan va amerikaliklarga xavf tug`dirgan.
Pentagon ta’kidicha, qurilmadan XXR tomonidan “Qo`shma Shtatlar hududidagi strategik ob’ektlarni kuzatish”da foydalanilgan.
Shar Atlantika okeani ustida “AIM-9X” raketasi yordamida urib tushirilgan.
Mazkur voqea tufayli AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning XXRga rejalashtirilgan safari bekor qilgani ham ma’lum qilingan.
ЎзА