Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) davlat sirlarini himoya qilishga qaratilgan yangi qonunni qabul qildi, deb xabar berdi Yonhap agentligi. Qayd etishlaricha, mazkur hujjat ichki tartib-intizomni kuchaytirish bo‘yicha aniq sa’y-harakatlarni belgilab turadi.
Pxenyanda, KXDR Oliy xalq assambleyasi Doimiy qo‘mitasining yalpi majlisida qabul qilingan qonun uzoq davom etayotgan iqtisodiy muammolar sharoitida davlat nazorati va intizomini kuchaytirishga qaratilgan. Hozircha, aynan, qanday «davlat siri» nazarda tutilayotgani, bu bir yoki bir nechta mahfiylik ekani haqida ma’lumot berilmadi.
Yig‘ilishda, shuningdek, ssudalar va davlat ramzlari to‘g‘risidagi qarorlar kuchga kirgan, lavozimidan bo‘shatilgan zobitlar turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha qonun ijrosi ko‘rib chiqilgan. Temir yo‘l transportini boshqarish, iqtidorli bolalarni tarbiyalash to‘g‘risida boshqa hujjatlar ham imzolangan.
O‘zA