Prezidentning joriy yil 31 yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq dehqon ho‘jaliklari va kichik tadbirkorlik sub’ektlariga 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

Hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Bunda, tashabbuskor loyihada kamida o‘ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim.

Ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kreditni o‘z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyatini kengaytirishi uchun kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.

Hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib beriladi.

Ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarmaganlarga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

O‘zA