Shveysariyaning Istanbuldagi Bosh konsulligi xavfsizlik nuqtai nazaridan faoliyatini to‘xtatdi. Bu Yevropada Qur’onni yoqish hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan terrorchilik hujumi xavfi tufayli amalga oshirildi, deyiladi konsullik xabarida.

“TV100” telekanali xabariga ko‘ra, Istanbulda oltita davlatning konsullik muassasasi yopilgan.

Avvalroq, Niderlandiya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya konsulliklari vaqtincha faoliyatlarini to‘xtatishgan edi.

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu “G‘arb davlatlari hech qanday dalil keltirmasdan, terror tahdidi bahonasida diplomatik vakolatxonalarini yopgan holda mamlakatimizga qarshi “psixologik urush” boshladilar, deb aytdi.

 

O‘zA