FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida bog‘cha yoshidagi bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov darajasi bugungi kunda 70,1 foizni tashkil etadi.

Tumanda 30 ta davlat, 7 ta davlat xususiy sheriklik asosidagi va 51 ta oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu muassasalarda jami 6 ming 645 nafar bola tarbiyalanadi.

O‘tgan 2022 yil davomida tumanda davlat investitsiya dasturi asosida bitta 120 o‘ringa mo‘ljallangan bog‘cha qurildi, 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi mahalliy byudjet hisobidan ta’mirlandi.

Tumandagi “Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 19-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi 2021 yil davlat investitsiya dasturi doirasida qurib bitkazilgan bo‘lib, ayni paytda bu yerda 120 nafar bola ta’lim-tarbiya olmoqda.

Muassasada bolajonlarning har bir kuni mazmunli o‘tishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Chet tili, raqs, tasviriy san’at, amaliy qo‘l hunari, shaxmat va shashka to‘garaklari ishlab turibdi. Shuningdek, tarbiyachilar tomonidan turli mavzularda ochiq darslar, qiziqarli mashg‘ulotlar, sahnalashtirilgan konsert dasturlarini o‘tkazish  yaxshi an’anaga aylangan.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA