O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Misrning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Faxmini qabul qildi.

Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarning bugungi holati va istiqboli xususida kechgan uchrashuvda, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Turli darajada rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdi. Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zA