O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari ijrochi direktorlari ishtirokida yil yakunlari hamda 2023 yilgi rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Muhokamalar davomida hududiy bo‘limlarning o‘tgan yilgi qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi. 2023 yilgi ish rejasi ko‘rib chiqildi. Mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.
Hududlarda imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlarni paralimpiya sport turlariga jalb etish, iqtidorli yoshlarni tanlashda seleksion tadbirlarning samaradorligini ta’minlash, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, sport ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish borasida qabul qilingan qarorlar ijrosi tahlil etildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda trener va mutaxassislarning malakasini xalqaro talablar asosida oshirish, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Matonat maktabi faoliyati bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash hamda terma jamoalarni to‘laqonli shakllantirishda iqtidorli sportchilarni saralash omillari xususida hududiy bo‘lim mutasaddilariga zarur yo‘l-yo‘riq va vazifalar yuklandi, deyiladi Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabarida.
O‘zA